

Avvalroq, braziliyalik futbolchi La Ligada "Alaves"ga qarshi o'yinda (2:1) olgan jarohatidan so'ng mavsum oxirigacha safdan chiqqani ma'lum bo'lgandi.
Militao chap sonidan olgan jarohati tufayli jarrohlik amaliyotini o'tkazishi kerak bo'ladi.
Futbolchi 2025 yilning dekabr oyida olgan jarohati qaytalanishi natijasida deyarli to'rt oy o'ynamadi.
Bu mavsum himoyachi uchinchi marta jarohat oldi va La Ligada 16 ta o'yin o'tkazdi.



