Nixat Turkiyaning JCHdan chiqib ketgani haqida: "Gyuler va Chalxanoglu bor kuchi bilan o'ynamadi, hech kim o'z vazifasini bajarmadi"

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2026, 17:08
Turkiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Nixat Kahvedji milliy jamoaning Jahon chempionatidagi o'yinidan norozi bo'ldi, holbuki turnir boshlanishidan oldin u jamoa finalga qadar yetib borishiga umid qilgan edi.

Turkiya terma jamoasi Avstraliya (0:2) va Paragvay (0:1)ga mag'lub bo'lib, ikki turdan so'ng guruhda 4-o'rinni egalladi va musobaqani tark etdi.

"Gyuler va Chalxanoglu bor kuchi bilan o'ynamadi. Gol urishi kerak bo'lgan o'yinchilar o'zlaridan kutilgan o'yinni ko'rsatishmadi. Biz jismoniy kurash va atletizmni kutgan futbolchilar umidlarni oqlashmadi. Darvozaga yaxshi zarba beradi deb o'ylaganlarimiz, ushbu zarbalarni amalga oshirishmadi. Raqib hujumchilarini to'xtatishi kerak bo'lgan himoyachilar o'z ishlarini bajarishmadi. Hatto muhim vaziyatlarda jamoani qutqarib qoladigan darvozamiz posboni Ugurdjan ham vazifasini uddalay olmadi.

Men juda xafaman, chunki hech kim o'z ishini bajarmagan terma jamoani ko'rdik. 19 iyul kuni (JCH finali sanasi – Sports’’) yakunlanishi kerak bo'lgan turnir biz uchun allaqachon 20 iyun kuni o'z nihoyasiga etdi. Kimdir menga tush ko'rayotganimizni va bu dahshatli tush ekanini aytsin! Bunchalik bo'lishi mumkin emas", – dedi Nixat Kahvedji.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fanatik