

Norvegiya hujumchisi turnirdagi dastlabki uchta o'yinda 5 ta gol urib, eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'rinda bormoqda.
"Menimcha, "Holandga qarshi maxsus reja" degan tushunchaning o'zi yo'q. Himoyachilarimga unga qarshi qanday o'ynashni tushuntirishim shart emas, chunki ular avval ham unga qarshi bir necha bor maydonga tushishgan.
Jamoamiz hozir yaxshi holatda, lekin biz o'sishda davom etaverishimiz kerak, muhim o'yinlar oldinda. Barcha Xolandning qanday o'ynashini yaxshi biladi. Shuning uchun asosiy e'tiborimizni umumiy tayyorgarlik va raqibning asosiy jihatlarini tahlil qilishga qaratyapmiz.
Norvegiya juda yaxshi tashkil topgan va hujumda xavfli jamoa. Biz esa eng yuqori saviyamizda o'ynashimiz kerak. Menimcha, Yaponiyaga qarshi qiyin o'yindan keyin 1/8 finalga chiqqanimiz bizga yanada ishonch bag'ishladi", - dedi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, Braziliya va Norvegiya o'rtasidagi 1/8 final bahsi soat 1:00da start oladi.



