Neymarning Braziliya termasidagi taqdiri ma'lum

16 may 2026, 08:10
"Santos" hujumchisi Neymar yozda bo'ladigan jahon chempionatiga boradi.

Bu haqda braziliyalik UOL nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, "Santos"da Neymarning ro'yxatga kiritilishi haqida ma'lumot bor va bu ro'yxat dushanba kuni e'lon qilinadi. Manbalar o'yinchining chaqirtirilishi 99% ga yaqin ekanini aytishmoqda. Biroq braziliyalikning atrofidagilar uning o'zi hali buni aniq bilmasligini va dushanbani intizorlik bilan kutayotganini qayd etmoqda.


Manba: UOL