Nemanya Chalasan: "O'zbekistonda Yevropaga nisbatan ancha ko'p maosh to'lashadi"

Оқил Абдубарноев
31 may 2026, 19:11
"Andijon"ning serbiyalik himoyachisi Nemanya Chalasan nima sababdan Yevropada markaziy osiyolik futbolchilar kam ekanligini aytdi.

"O'zbekistonda sifatli futbolchilar ko'p. Biroq bitta muhim jihat bor: bu yerda futbolchilarga juda yaxshi maosh to'lanadi.

Agar o'zbek futbolchisi uyda oyiga 10 000-15 000 evro maosh olsa va Portugaliya klubi unga shuncha pulning yarmini taklif qilsa, nega ketishi kerak? Bu yerda u oilasi yonida, yaxshi sharoitda to'p tepadi va ko'proq pul topadi.

Men Portugaliyada o'ynaganman va bilamanki, Yevropada maosh hamma joyda ham katta emas. Taxminan 5000 evro ishlab topardim. Bu unchalik ko'p emas. Yevropaning o'rtamiyona klublarida kamroq to'lashadi.

Qozog'istonda ham vaziyat shunga o'xshash. Men futbolchilardan so'rardim: nega Yevropaga ketmaysizlar? Ular javob berishardi: "Nega, axir bu yerda yaxshi pul topyapmiz – 8, 10, 15 000 evro?". Bu to'g'ri mantiq", dedi 30 yoshli futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Eurasia Football