"Navbahor"ni ikki futbolchi tark etdi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2025, 16:20
Davralar oralig'ida jamoalar tarkibida o'zgarishlar yuz bermoqda.

"Navbahor" matbuot xizmati Po'latxo'ja Xoldorxonov va Shahzod Toirov jamoani tark etganini e'lon qildi.

Xoldorxonov joriy mavsum 9ta o'yinda 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shahzod Toirov esa 2ta bahsda qatnashdi.  

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Toirov OKMK mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Xoldorxonov esa G'uzorning "Sho'rtan" klubiga o'tishga yaqin. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia