Superliga. "Navbahor" - "Xorazm" (matnli translyatsiya)

2 avg 2026, 19:30
Superliga 15-tur doirasidagi "Navbahor" - "Xorazm" o'yini boshlandi.

Superliga. 15-tur

“Navbahor” - “Xorazm”

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov

VAR hakami: Jasur Muxtorov

AVAR hakami: Edita Mirobidova

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

Komissar: Davron Ibrohimov

“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov (s), 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Islombek Mamatkazin, 7.Ruslanbek Jiyanov, 8.Diyor Xolmatov, 11.Husayn Norchaev, 13.Opeyemi Tedi Benjamin, 22.Umar Adhamzoda, 23.Vanya Ilich, 34.Giorgi Jgerenaiya, 77.Muhammadali Usmonov

Zaxira: 16.Shukron Yuldashev, 3.Zafarbek Rahimjonov, 5.Dilshodjon Komilov, 6.Shoxruhbek Abdurahmonov, 17.Muhammadali G'iyosov, 20.Quvondiq Ro'ziev, 21.Asadbek Rahimjonov, 28.Joel Kojo, 30.Jasurbek Jaloliddinov

“Xorazm”: 33.Nikola Stoshich, 5.Abbosjon Otaxonov (s), 13.Elzio Loan Alvesh Lusio, 15.Diyorbek Ortiqboev, 17.Daniil Nugumanov, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 88.Abror Xo'sinov, 90.Ulug'bek Hoshimov, 94.Rustamjon Abduhamidov, 96.Rafael Sabino Dos Santos

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 7.Temurbek Ismailov, 8.Nodirbek Abduxalikov, 11.Danila Ejov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 70.Sultonbey Ismoilov, 79.Azizjon Ahrorov, 97.Bubakar Faye Traore, 99.Odamboy Olimov

⚠️ 9' "Xorazm" futbolchisi Rustamjon Abduhamidov jarima maydoni ichiga yorib kirib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov mahorat ko'rsatib, to'pni oyog'i bilan qaytardi va xavfni bartaraf etdi.

⚡️ 6' "Navbahor" futbolchisi Muhammadali Usmonov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq yordamga yetib kelgan "Xorazm" himoyachisi Abror Xo'sinov xavfni bartaraf etdi.

🎯 4' "Navbahor" futbolchisi Muhammadali Usmonov noqulay vaziyatdan raqib darvozasiga zarba berdi – to'p nishonga aniq bormadi.

⏱ 1' Uchrashuvga start berildi.

🏁 Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Navbahor" jamoasi ko'k, "Xorazm" futbolchilari esa oq rangli liboslarda harakat qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia