"Nasaf" murabbiyi Shuhrat Toshpo'latov: "Bugun muhimi natija edi"

Administrator
29 may 2023
Coca-Cola Superligasining 12-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Shuhrat Toshpo'latov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin biz kutganchalik boshlanmadi. "So'g'diyona" jamoasi ketma-ket g'alabalardan so'ng yaxshi kayfiyatda ekanini bilardik. Bugun qiyin o'yin o'tkazdik. Jizzaxliklar ham juda yaxshi harakat qilishdi.

Tezkor gol yigitlarning ruhiyatiga jiddiy ta’sir o'tkazmadi. Yigitlar yaxshi o'yin namoyish etib, kerakli natijani qayd eta olishdi. Biz uchun muhimi natija edi va yakunda g'alabaga erishdik. Shu fursatdan foydalanib barcha "Nasaf" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia