Ildar Sakaev: "Ertaga rahbariyat bilan bu vaziyatdan qanday chiqib ketish borasida gaplashib olamiz"

14 may 2026, 21:01
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Mashal" - "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ildar Sakaev fikrlarini bildirdi.

"Nima ham deyish mumkin? Vaziyatlardan samara chiqara olayotganimiz yo'q. Bizga esa tushunarsiz gollar kirib ketdi. Ochig'i murabbiylik faoliyatimda bunday holatga birinchi marotaba duch kelyapman. Ishonsangiz o'yindan oldingi ko'rsatma 10 daqiqa bo'ldi. Yigitlarga biz uyda, muxlislarimiz qarshisida o'ynayapmiz, mana tarkib, ular uchun o'ynang dedim. Harakat qildik, lekin etarli bo'lmadi. Futbolchilar ishonchni yo'qotib qo'yishgan. Barchalari yosh bola emas, katta futbolchi. Hamma gap ruhiyatda qolmoqda",- deydi Ildar Sakaev.

- Humoyun Murtozaevning jismoniy holati bugungi o'yinga tayyor emasdek ko'rindi...

- Humoyun astoydil harakat qildi. U katta hajmdagi ishni bajaryapti. Faqat gol urish kerak. G'alaba orqali qolgan ishlar ham o'nglanadi. Ishonch qaytadi. Yana qaytaraman ruhiyat borasida muammolar bor. Ertaga rahbariyat bilan bu vaziyatdan qanday chiqib ketish masalasini gaplashib olamiz. Kurash oxirigacha davom etadi. Muborakda futbolni yaxshi ko'rishadi, shuning uchun bugun muxlislar tashrif buyurishdi.

2026-05-14 21.00.45.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia