Baxtiyor Umarov: “Tajriba o'z so'zini aytdi”

Оқил Абдубарноев
9 may 2026, 20:25
O'zbekiston kubogi 1-tur doirasidagi “So'g'diyona” - "Respublika FA" o'yinidan so'ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Baxtiyor Umarov o'z fikrlarini bildirdi.

"Ushbu uchrashuvda tajriba baribir o'z so'zini aytdi. Jamoamiz asosan yoshlardan – 17–18 yoshli futbolchilardan tashkil topgan. Shunday bo'lsa-da, o'yin sifati va mazmuni bo'yicha raqibga imkoniyatni boy bermadik. Tashkil etilgan hujumlar soni bo'yicha ham ulardan ortda qolmadik. Biroq yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda mahorat va tajriba yetishmovchiligi pand berdi. Superliga jamoasining darajasi yuqori ekanligi yakuniy natijada o'z aksini topdi. Ko'plab xavfli vaziyatlar yaratganimizga qaramay, yosh jamoamiz mahorat yetishmaganligi sababli ulardan unumli foydalana olmadi. Kelgusida futbolchilarimiz, albatta, o'z tajribalarini oshirib boradilar. Navbatdagi uchrashuvlarda yo'l qo'yilgan kamchiliklar ustida ishlab, ularni bartaraf etamiz", dedi Umarov.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia