"Nasaf" Kuvaytga 4 nafar asosiy futbolchisini olib kyetmadi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2024
"Nasaf" 18 sentyabr kuni OCHL-2 guruh bosqichi 1-turida "Al Kuvayt"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaevga ko'ra, "ajdarlar" Kuvaytga 4 nafar yetakchi futbolchisiz ketgan. Igor Golban, Sherzod Nasrullaev, Jambuli Jigauri va Zoran Marushichga murabbiylar shtabi hordiq chiqarish imkoniyatini yaratib berishgan. 

Ma'lumot uchun, "Nasaf" 23 sentyabr kuni Superliga doirasida o'z maydonida OKMKni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia