

✅ "Surxon" – "Mashal"
"Mashal" o'yinchisi to'pga intilmoqda, "Surxon" himoyachisini ortda qoldirmoqda, himoyachi esa o'z navbatida o'ng oyog'i bilan raqibi tomon harakat qilmoqda va shu tariqa uni yiqitmoqda. Penalti to'g'ri belgilangan, VAR xato aralashgan. Yaxshiyamki, hakam o'z qarorini o'z kuchida qoldirdi.
✅ "Buxoro" – "Paxtakor"
Fikrimizcha, hakam to'g'ri qaror qabul qildi va o'yinni davom ettirdi. Ushbu o'yin holatida "Paxtakor" himoyachisining qo'li tabiiy holatda edi, u qo'li bilan to'p tomon harakat qilmadi.
✅ "Buxoro" – "Paxtakor"
Ofsayd kamerasidan yaqqol ko'rinib turibdiki, "Paxtakor" himoyachisining qo'li tanasidan uzoqlashmagan va tana hajmini kattalashtirmagan. Fikrimizcha, hakam to'g'ri qaror qabul qildi va o'yinni davom ettirdi.
✅ "Buxoro" – "Paxtakor"
"Buxoro" o'yinchisini tajovuzkor xulq-atvori uchun chetlatish bo'yicha hakamning qaroriga to'liq qo'shilamiz. Muxlislarga nisbatan bunday harakatlar, hatto javob tariqasida bo'lsa ham, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Tribunalardan futbolchilarga qandaydir begona buyumlar uloqtirilgan vaziyatlarda, bosh hakam o'yinni vaqtincha to'xtatishga yoki butunlay bekor qilishga haqli. Ammo bunda futbolchilar o'zlaricha "samosud" uyushtirishga va muxlislarga javoban nimanidir uloqtirishga haqli emaslar.
❌ "Navbahor" – "So'g'diyona"
Ofsaydni aniqlovchi yarim avtomatik tizim yo'qligida, barchasi qo'yilgan nuqtalarga bog'liq, keyinchalik ushbu nuqtalar bo'yicha chiziqlar tortiladi. Ushbu vaziyatda biz qanot hakamining golni hisobga olish haqidagi dastlabki qarorini qo'llab-quvvatlagan bo'lardik.

✅ "Nasaf" – "Lokomotiv"
"Nasaf" o'yinchisi to'pga o'ynamoqda, uning raqibi esa boshi bilan o'ynashga harakat qilib, to'pga eta olmadi. O'yinchilar o'rtasidagi masofa, bizningcha, xavfli o'yin haqida gapirish uchun etarli emasdi. "Nasaf"ning goli to'g'ri hisobga olingan.
✅ "Dinamo" – OKMK
Hakam boshida faqat "Dinamo" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatib, xatoga yo'l qo'ydi. Qoida buzilishi jarima maydonchasidan tashqarida sodir bo'ldi, VAR to'g'ri aralashdi va hakamni vaziyatni ko'rib chiqishga chaqirdi. Bizningcha, to'g'ri qaror – raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatish.
✅ "Dinamo" – OKMK
Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qildi deb hisoblaymiz. Takroriy lavhada ko'ryapmizki, "Dinamo" o'yinchisi qo'li bilan harakat qilmoqda, ammo qo'l va to'p o'rtasida kontakt yo'q. To'p himoyachining tanasiga tegdi, demak uni jazolash uchun asos yo'q.
❌ "Xorazm" – "Neftchi"
"Neftchi" to'pni egallab olib, birozdan so'ng gol urgan vaziyatdagi yakkakurashning batafsil takroriy lavhasini o'rganib chiqqach, shuni taxmin qilishimiz mumkinki, hakam qoida buzilishini qayd etmay xato qilgan. "Neftchi" o'yinchisi to'pga ulgurmayapti, unga intilmoqda va butsa tishlari bilan raqib oyog'iga zarba bermoqda. "Xorazm" o'yinchisi to'qnashuvdan qochishga urinib, oyog'ini tortdi, ammo bu holatda, bizningcha, bu to'qnashuv jazolanishi kerak.
✅ "Xorazm" – "Neftchi"
Bosh hakamning ajoyib qarori. "Neftchi" o'yinchisi katta tezlikda, ortiqcha kuch ishlatgan holda butsa tishlari bilan raqibning to'pig'idan yuqorisiga zarba bermoqda. Shuningdek, oyoq to'p-to'g'ri bo'lganini ham takidlaymiz. Qoidani buzgan o'yinchi uni bukishga hatto urinmadi ham. Biz uchun bu o'yin qoidalarining jiddiy buzilishi va qizil kartochkaga loyiq.
✅ "Qizilqum" – "Qo'qon-1912"
Poziciya uchun o'zaro va mutlaqo normal kurash. "Qo'qon-1912" o'yinchisi ham, himoyalanayotgan "Qizilqum" o'yinchisi kabi, qo'llaridan foydalandi. Hakam vaziyatni to'g'ri baholadi va o'yinni davom ettirdi, deb hisoblaymiz.
✅ "Qizilqum" – "Qo'qon-1912"
Ushbu rakursdan biz "Qizilqum" himoyachisining qo'li tana hajmini g'ayritabiiy ravishda kattalashtirganini va tanasidan uzoqlashganini ko'rmayapmiz. Aksincha, u qo'lini olib qochishga har tomonlama urindi. VAR to'g'ri aralashdi, hakam esa videotakrordan so'ng penaltini to'g'ri bekor qildi, deb hisoblaymiz.
✅ "Bunyodkor" – "Andijon"
Qo'shimcha rakurslar yetishmayapti. Mavjud takroriy lavhaga asoslanib, "Andijon" himoyachisi qo'li bilan o'ynagan deb taxmin qilishimiz mumkin. Penalti to'g'ri belgilangan.
Shu tariqa, Superliganing 9-turidagi o'yinlarda hakamlar ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi.



