"Napoli" Garsiyani iste'foga chiqardi va yangi bosh murabbiyni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
14 noya 2023
Rudi Garsiya "Napoli" bosh murabbiyligidan ketdi.

Shu bilan birga Italiya klubi Valter Maccarining tayinlanuvini ham ma'lum qildi. 62 yoshli mutaxassis Neapol klubida 2009-2013 yillar davomida ishlagan va 2012 yilda Italiya Kubogini qo'lga kiritgan.

2023 yilning yozidan "Napoli" Garsiya qo'l ostiga o'tdi va 12 o'yinning 6tasida g'alabaga erishdi. Ayni damda jamoa A Seriya turnir jadvalida yetakchi "Inter"dan 10 ochko ortda qolgan holda 4-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/sscnapoli