MYU Maynuning kelajagi bo'yicha qarorni yaqin ikki kun ichida qabul qiladi

Administrator
26 avg 2025
Kobbi YCHLda o'ynaydigan klubga o'tishga tayyor.

Kobbi Maynuning kelajagi yaqin kunlarda aniq bo'ladi. Daily Mail xabar berishicha, "Manchester Yunayted" yarim himoyachi bo'yicha 48 soat ichida qaror qabul qilishi kutilmoqda.

20 yoshli futbolchi o'yin vaqti etarli emasligidan norozi va Chempionlar ligasida ishtirok etayotgan klubga o'tishga tayyor. Takidlanishicha, shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarda siljish yo'qligi ham vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

Maynuga 10 ta klub qiziqish bildirmoqda, ularning bazilari allaqachon MYU bilan aloqaga chiqqan. Mankunianliklar qanday yo'l tutishni o'ylab ko'rishmoqda: o'z tarbiyalanuvchisini ijaraga berish ham, sotish ham mumkin.


AdministratorMuallif
Manba: Daily Mail