MYU futbolchisi jamoani tark etmoqchi

Aslanov Jasurbek
8 okt 2025
Joshua Zirkze "Manchester Yunayted"ni tark etish niyatida.

Hujumchi hisobida joriy mavsumda (asosiy vaqtga qo'shilgan daqiqalarni hisobga olmaganda) atigi 82 daqiqa bor. Faqat ikki yosh futbolchi undan ham kam o'ynagan.

Bunday holat niderlandiyalikni g'azablantirmoqda va u yanvar oyida jamoani almashtirishga tayyor. Jahon chempionati yaqinlashar ekan bu mammo muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zirkze oktyabr oyida terma jamoasi uchun bellashuvlarni ham o'tkazib yubormoqda.

O'tgan mavsumda u APLda 32 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail