

Patrisning raqibi nomi hozircha e'lon qilinmagan, ammo sportchining o'zi urugvaylik mashhur futbolchi Luis Suaresni oktagonning qarama-qarshi burchagida ko'rishni xohlashini takidlagan.
PFL'dagi ilk jangimga rasman tayyorgarlik ko'ryapman. Ular menga raqib tanlaydilar. Ular kim bilan uchrashmoqchi ekanligimni so'rashdi, men Luis Suares bilan jang qilish niyatida ekanligimni ma'lum qildim. Buning uchun o'zim pul berishga ham tayyorman, - dedi Evra.
Evra va Suares o'rtasidagi mojaroga bu yil 14 yil to'ldi. O'shanda Manchester Yunayted - Liverpul uchrashuvidan so'ng Patris urugvaylik uni negr deb ataganini ma'lum qilgan. O'shanda futbol associaciyasi Suaresni 40 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortgan va sakkizta o'yinga diskvalifikaciya qilgan.




