

“Traktor” o'z maydonida “Zob Ahan”ni qabul qildi va 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Mezbonlar safida yarim himoyachi Odil Hamrobekov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq harakat qildi. “Traktor” ushbu mag'lubiyatdan so'ng chempionatda 12 o'yindan so'ng 23 ochko bilan beshinchi o'ringa joylashdi.
Tehronning “Istiqlol” jamoasi esa o'z maydonida “Sanat Naft”ni mag'lub etdi. O'yindagi yagona gol 46-daqiqada Muhammadhussayn Eslami tomonidan urilgan. Asosiy tarkibda maydonga tushgan Jaloliddin Masharipov 87-daqiqada zaxiraga olindi. “Istiqlol” chempionatda 12 o'yindan so'ng 24 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.





