Ilyos Qurbonov: "Afsus, bugun bizning kunimiz emas ekan"

28 noya 2026, 19:52
2027 yilgi Superligaga o'tish o'yinidan o'rin olgan "Metallurg" - "FarDU" uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumanida "Metallurg" bosh murabbiyi Ilyos Qurbonov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bahs og'ir kechishini taxmin qilgandik va shunday bo'ldi. "FarDU" bejizga shu bosqichga yetib kelgani yo'q, juda yaxshi jamoa deb hisoblayman. Adashmasam, "FarDU" ikkinchi davrada biz va "Kattaqo'rg'on" bilan o'yinlarda ochko yo'qotdi.

Futbolchilarimiz bugun bor kuchni berib harakat qilishdi. Hammasi reja bo'yicha ketayotgandi. Birinchi golni urib oldik, ammo ikkinchi bo'lim oxirlarida hisob tenglashdi. O'yinchilarimizda charchoq sezildi deb o'ylayman. Penaltilar seriyasida yutish uchun ruhan tayyor bo'lish kerak. Bizga shu narsa yetishmadi deb o'ylayman. Afsus, bugun bizning kunimiz emas ekan.

- Asosan legionerlar penaltidan foydalana olmadi.

- Birgina bu o'yindagi harakat orqali legionerlarga baho berish kerak emas. Legionerlarimiz mavsum davomida bir nechta o'yinlarda yaxshi harakat qilishdi. Penaltilar seriyasida faqat psixologiya pand berdi.

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia