"Real" kiyim almashtirish xonasidagi tartibni yo'lga qo'yish uchun Mourinyuni taklif qilgan ekan

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2026, 00:30
Joze Mourinyu "Real" bosh murabbiyi lavozimiga qaytgani doirasida unga muhim vazifa yuklandi, deb yozadi Marca.

Xususan, gap butun mavsum davomida kiyim almashtirish xonasida hukm surgan notinchlikka chek qo'yish zarurligi haqida bormoqda. Bu holat avvalgi ikki murabbiy Xabi Alonso va Alvaro Arbeloaning ishdan bo'shashiga hamda jamoaning sovrinsiz qolishiga sabab bo'lgan deb hisoblanadi.

Manbaga ko'ra, klubning asosiy g'oyasi quyidagicha: "Endi kim isterika qilar ekan, ko'ramiz". Shu tariqa, Madrid klubi rahbariyati normaga aylanib qolgan tez-tez yuzaga keladigan norozilik kayfiyatlariga ishora qilmoqda. Mourinyu prezident Florentino Peresning to'liq ishonchiga ega bo'lgan kuchli shaxs sifatida qaralmoqda. Shu sababli u kiyim almashtirish xonasini nazoratga olishi, Valdebebasdagi mashg'ulot bazasidagi normal ish jarayoniga xalaqit berayotgan futbolchilarning shikoyatlari va noroziliklarini to'xtatishi kerak.

Peres Mourinyuda tartib o'rnatish uchun ideal nomzodni ko'rdi. Bundan tashqari, u jamoa o'yiniga yangi nafas olib kira oladigan hamda Alonso va Arbeloa davrida yetishmagan murabbiy bilan o'zaro bog'liqlikni tiklay oladigan shaxs sifatida etirof etilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca