Mourinyo: "Muvaffaqiyatga erishish uchun MYUda hali jamoa yo'q"

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "San-Xose Ertkveyks"ga qarshi uchrashuv natijasi (0:0) haqida fikr bildirdi.

"Yana bir mashg'ulot. Biz jamoa emasmiz, hozir turli joydan kelgan futbolchilarni yig'yapmiz: Kimdir yoshlar tarkibidan, yana kimdir ijaradan kelgan. Muvaffaqiyatga erishish uchun bizda hali jamoa yo'q, ammo bu yaxshi mashg'ulot bo'ldi.

Asosiy tarkibning 10 futbolchisi yo'qligi yomon, biroq iloji boricha yaxshiroq harakat qilishga intilyapmiz" - deydi Mourinyo.

MYU AQSHdagi o'zining keyingi uchrashuvini 26 iyul kuni "Milan"ga qarshi o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com