

APL klubi futbolchi uchun 75 mln evro to'lashga rozi. Shunday bo'lsa, bu "Milan" tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. O'tgan safargi rekord 2023 yil yozida qayd etilgan va o'shanda Sandro Tonali 60 mln evro evaziga "Nyukasl"ga o'tgandi.
Reyndersning bozor narxi 50 mln evroga baholanayotgandi. O'tgan mavsumda u 54 o'yinda qatnashib, 15 gol va 5 assist qayd etdi.



