"Milan" Italyanoni bosh murabbiylik uchun nomzod sifatida ko'rmoqda

Sherzod Nurmatov
16 may 2025
Vinchenco Italyano boshchiligidagi "Bolonya" Italiya Kubogi finalida "Milan"ni mag'lub etganidan so'ng italiyalik mutaxassisga qiziqish sezilarli darajada oshdi.

Milan klubi rahbariyati uning mehnatini yuqori baholadi va endi uni Serjiu Konseysau ketganidan keyin bu lavozim uchun asosiy nomzodlardan biri deb hisoblamoqda.

Avvalroq "Milan"dagilar bosh murabbiy va Feliks borasida bir qarorga kelgani haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport