"Milan" "Genk"dan himoyachi Lukumiga qiziqmoqda. Belgiyaliklar yozda uni "Atalanta"ga sotishmagan edi

Alisher
4 dek 2021, 12:47
"Genk" himoyachisi Jon Lukumi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

23 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun "Milan" da'vogarlik qilmoqda. Belgiya klubi yozda o'yinchini "Atalanta"ga sotishdan bosh tortgan edi.

Lukumi joriy mavsum "Genk" tarkibida 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Transfermarkt o'yinchini 13 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira