"Borussiya D" Gretsiya terma jamoasining 18 yoshli yarim himoyachisi uchun 30 mln evro to'ladi

Sherzod Nurmatov
4 avg 2026, 13:15
Dortmundning “Borussiya” klubi Gretsiya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Konstantinos Karecasning transferini e'lon qildi.

Belgiyaning “Genk” klubidan o'tgan 18 yoshli futbolchi Germaniya klubi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

2.jpg

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, dortmundliklar o'yinchining transferi uchun 30 million evro to'lashgan.

Karecas o'tgan mavsum “Genk” safida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u Gretsiya terma jamoasi libosida 3 ta gol urishni uddalagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bvb.de