Messining "Inter Mayami" bilan yangi shartnomasi bo'yicha maoshi ma'lum bo'ldi

13 may 2026, 08:00
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi joriy mavsumda MLSning eng yuqori maosh oluvchi futbolchisidir.

Bu ma'lumot mlsplayers.org saytida e'lon qilingan hisobotda keltirilgan.

Argentinalikning 2026 yilgi mavsum uchun maoshi 28,3 million dollarni tashkil etadi. Reytingning ikkinchi o'rnida "Los-Andjeles" hujumchisi Son Xin Min (11,1 mln dollar), uchinchi o'rinda esa "Inter Mayami" a'zosi Rodrigo De Paul (9,7 mln dollar) bor.

"Vankuver Uaytkeps" futbolchisi Tomas Myullerning mavsumdagi maoshi 5,2 million dollar atrofida, "Atlanta Yunayted" yarim himoyachisi Aleksey Miranchukniki esa 5,1 million dollarga yaqin.

Messi 2023 yildan buyon "Inter Mayami"da o'ynamoqda. Ushbu klub safida u MLSning doimiy chempionati va pley-off g'olibi bo'lgan, shuningdek, Liga kubogini yutib, chempion bo'lgan. Argentinalikning Florida klubi bilan shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan.


Manba: mlsplayers.org