

Angliya – Argentina o'yini jahon chempionatlari tarixida (1966 yildan buyon bunday statistika yuritila boshlaganidan beri) dastlabki 30 daqiqa ichida darvozaga birorta ham zarba berilmagan ilk o'yin bo'ldi. JCH-2026 yarim final uchrashuvi Atlantada o'tmoqda (0:0, birinchi bo'lim).
E'tiborlisi, avvalgi antirekord Angliyaning o'tgan o'yiniga – 1/4 finalda Norvegiyaga qarshi kechgan bahsga tegishli edi, unda ilk zarba 29-daqiqada berilgandi.
Yarim soatdan keyin jamoalar jami 11 marta qoida buzdi – Argentinada 6 ta, Angliyada 5 ta fol.
Takidlash joizki, o'yindagi ilk zarba 33-daqiqada amalga oshirildi – bu JCH tarixidagi eng kech qayd etilgan dastlabki zarba hisoblanadi.



