Meksika - Jahon chempionati ochilish o'yinlarining haqiqiy rekordchisi

11 iyun 2026, 21:20
2026 yilgi Jahon chempionatining ochilish uchrashuvida maydonga tushadigan Meksika milliy jamoasi tarixiy natijani qayd etadi.

Meksika shu orqali mundial tarixida ochilish o'yinlarida eng ko'p qatnashgan terma jamoaga aylanadi.

Meksikaliklar bugunga qadar Jahon chempionatlarining ochilish bahslarida 7 marta ishtirok etgan:

1930 - Fransiyaga 1:4 mag'lub bo'lgan.

1950 - Braziliyaga 0:4 mag'lub bo'lgan.

1954 - Braziliyaga 0:5 mag'lub bo'lgan.

1958 - Shvetsiyaga 0:3 mag'lub bo'lgan.

1962 - Braziliyaga 0:2 mag'lub bo'lgan.

1970 - SSSR bilan 0:0 durang o'ynagan.

2010 - JAR bilan 1:1 durang o'ynagan.

Shunday qilib, 2026 yilgi mundial ochilishi Meksika uchun 8-ochilish o'yini bo'ladi. Bu esa ularni Jahon chempionati tarixida ochilish bahslarida eng ko'p qatnashgan terma sifatidagi rekordini yanada mustahkamlaydi.

Qizig'i shundaki, Meksika haligacha ochilish o'yinlarida g'alaba qozonmagan - 5 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan. Endi esa ularda o'z muxlislari qarshisida bu noxush ananaga chek qo'yish imkoniyati bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta