

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati chempionatning so'nggi ikki turi oldidan jamoada ichki muhitni jipslashtirish maqsadida bazada to'rt kunlik yig'in tashkil qilgan edi. Biroq yig'inning so'nggi kunida kutilmagan voqea yuz berdi: bir nechta futbolchilar o'zboshimchalik bilan "bazm" uyushtirishgan.
"Qahramonlar" xonalardagi karavotlarni ag'dar-to'ntar qilib, xonalarni xarob ahvolga keltirishgan. Bu ham etmaganidek, klub rahbarlarining xonasida o't o'chirgichdan (ognetushitel) foydalanib, atrofni ko'pikka to'ldirishgan.
Ushbu holat klub xodimlarini shok holatiga tushirib qo'ygan. Hozircha rahbariyat tomonidan futbolchilarga nisbatan qanday chora ko'rilishi ma'lum qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, "Marsel" Fransiya chempionatining 32 turidan so'ng 53 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini ertaga, 10 may kuni safarda "Gavr"ga qarshi o'tkazadi.



