🔴🔴🔴 JCH-2026. Misr - Eron 1:1 (matnli translyatsiya)

Iskandarov Abdulaziz
27 iyun 2026, 07:52
JCH-2026 guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Misr - Eron uchrashuvi boshlanmoqda.

JCH-2026. “G” guruhi, 3-tur

Misr - Eron 1:1 LIVE

“Lyumen Fild”, Sietl

Bosh hakam: Shimon Marchinyak (Polsha)

Gol: Mahmud Sobir 4, 1:0

Misr: ​23. Shobeir, 3. Xani, 6. Abdelmonem (Yasser Ibrahim,14) 5. Rabia, 13. Fatuh, 21. Sobir, 17. Lashin, 11. Ziko, 10. Saloh, 8. Ashur, 7. Trezege.

Eron: 1. Beyranvand, 5. Muhammadi, 19. Nemati, 4. Xalilzoda, 13. Kanaani, 23. Rizoyan, 6. Izzatullohi, 21. Gorbani, 14. G'oddos, 8. Mohebi, 9. Taremi.

Ogohlantirish: Xussayn Kannani (Eron) 19, Mahmud Sobir (Misr) 20, Ali Nemati (Eron) 43

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. ZARBA. Autdan to'pni kombinaciya uslubida ichkariga etkazib berildi, Halilzodaning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

43. OGOHLANTIRISH. Ali Nemati, Eron

38. Misrliklar to'pni nazorat qilishga urinyapti.

33. ZARBA. Ramin Rizoyanning zarbasi yuqoriga ketdi.

30. ZARBA. Mahmud Hasanning kuchli zarbasini Beyranvand ushlab oldi.

26. O'yin davom etadi.

25. Suv ichib olish uchun tanaffus.

20. OGOHLANTIRISH. Maxmud Sobir, Misr

19. OGOHLANTIRISH. Xussayn Kannani, Eron

14. O'ZGARISH. Misr, Muhammad Abdelmonen o'rniga Yasser Ibrahim tushdi. Ibrahim jarohat olgan edi.

14. GOL. Mana sizga o'yin, ana sizga o'yin. Eron penaltidan bo'lmasa o'yindan gol uryapti. Ramin Rizoyan o'yinda hisobni tenglashtirdi. Darvozabon qaytargan to'pga shay bo'lgan Rizoyan gol urdi, 1:1

10. YO'Q. Mehdi Taremi penaltidan gol ura olmadi. Dastlabki 10 daqiqalik shunchaki zo'r o'tyapti.

9. PENALTI. Eron terma jamoasi 11 metrlik nuqtadan tepadi. Marchinyak nuqtaga ishora qildi.

4. GOL. Misr uchrashuvda tezkor gol urdi. Jarima maydonchasi ichidagi tartibsizlikdan Mahmud Sobir foydalanib ketdi. U Beyronvandning oyoqlari ostidan to'pni darvozaga yo'lladi.

2. Ilk daqiqalardan ustunlik Misr tomonida. Tezkor paslar bilan oldinga yuryapti.

  • O'yinga start berildi.

  • Ikki davlat madhiyalari yangradi. O'yinga barcha narsa tayyor.

  • Jamoalar maydonga chiqib keldi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif