

Insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, 54 yoshli murabbiy Ukraina futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma masalasi bo'yicha kelishuvga erishgan.
Malderaning so'nggi ish joyi "Marsel" bo'lib, u o'sha yerda hamyurti Roberto De Dzerbi shtabida ishlagan. Ushbu mutaxassis bilan birga u angliyalik "Brayton"da ham ishlagan.
Shuningdek, italiyalik "Milan"da Massimiliano Allegri, Leonardo, Filippo Indzagi va Klarens Zeedorf shtablarida ishlagan. 2016–2021 yillarda esa Ukraina terma jamoasida Andrey Shevchenko shtabida faoliyat yuritgan.



