JCH-2026. O'zbekiston Kongoga qarshi oq libosda o'ynaydi

27 iyun 2026, 07:27
O'zbekiston milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqich 3-tur doirasidagi Kongoga qarshi o'yinda oq libosda o'ynaydi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

"Ertaga, 28 iyun kuni O'zbekiston milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Kongo DRga qarshi o'yin o'tkazadi.

Ushbu bahs oldidan FIFA vakillari hamda jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda musobaqa reglamentiga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

Shuningdek, bu uchrashuvda futbolchilarimiz to'liq oq, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi", - deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Manba: UzbekistanFA