

"Oh, yigitlar, shunchaki tatilga ketishimga va dam olishimga qo'yib beringlar. Bu og'ir yil bo'ldi. Men jiddiy operaciyani boshdan o'tkazdim. Erishgan yutuqlarimdan faxrlanaman. Men juda ko'p mehnat qildim. Bor gap shu", - deya De Bryuynening so'zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
De Bryuyne 2010 yildan buyon Belgiya terma jamoasida o'ynab kelmoqda. Ushbu davr mobaynida yarim himoyachi barcha turnirlarda 124 ta o'yinda ishtirok etib, 38 ta gol urishga erishgan.



