Mareska "Siti"ning APLdagi uchta mag'lubiyati haqida: "Hatto g'alaba qozonganimizda ham meni doim nimadir tashvishga soladi!"

Aslanov Jasurbek
8 noya 2026, 14:50
Enco Mareska "Manchester Siti"ning Premer-ligadagi qatorasiga uchinchi mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.

"Shaharliklar" APLning 10-turida "Nottingem Forest"ga imkoniyatni boy berishdi (1:3). Bunga qadar jamoa "Brayton" (0:1) va "Aston Villa"ga (1:2) qarshi bahslarda ham mag'lubiyatga uchragan edi.

"Hatto g'alaba qozonganimizda ham meni doim nimadir tashvishga soladi! Bizga muvozanat kerak: biz ketma-ket ettita o'yinda zafar quchdik, endi esa qatorasiga uchtasida imkoniyatni boy berdik - bu yerda balans zarur. Xalqaro tanaffus vaqtida nimani yaxshilashimiz mumkinligini tushunib olishimiz va undan so'ng barchasini boshqatdan boshlashga harakat qilishimiz kerak", - dedi Mareska.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports News