

"Qizil iblislar"ning maqsadi - uchta markaziy yarim himoyachi, chap qanot himoyachisi va zaxira hujumchisini olish. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, jamoaga Senne Lammensni almashtira oladigan yangi darvozabon ham kelishi mumkin. Takidlanishicha, "Manchester Yunayted" APL klublaridan bir necha o'yinchini kuzatmoqda.
So'nggi paytlarda Elliot Anderson ("Nottingem Forest"), Sandro Tonali ("Nyukasl"), Aleks Skott ("Bornmut"), Adam Uorton ("Kristal Pelas") va Karlos Baleba ("Brayton") kuzatilmoqda.



