

Football Insider nashrining xabar berishicha, himoyachi Lisandro Martines va yarim himoyachi Brunu Fernandesh yanvar yoki yozgi transfer oynasida klubdan ketishdan manfaatdor.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik Maurisio Pochettino bosh murabbiy etib tayinlanganiga qaramay, Fernandesh va Martines hamon "Manchester Yunayted"dan ketishga intilmoqda. Mutaxassis o'yinchilarni jamoada qolishga ishontira olmagani aytilmoqda.
Avvalroq Fernandesh kelasi yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirish niyatida emasligi xabar qilingan edi. "Yunayted"da kelishuvni bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud. Nashr ma'lumotlariga ko'ra, har ikki o'yinchi klubdan ketishga harakat qiladi.



