"Manchester Yunayted" Italiya terma jamoasi himoyachisini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025
"Atalanta" klubi va Italiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Jorjio Skalvini MYU e'tiborini tortdi.

Bu haqda "The Sun" xabar tarqatdi.

21 yoshli futbolchining ehtimoliy kelishuvi 50 million evroga teng bo'lishi mumkin.

Avvalroq Skalviniga "Nyukasl" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirgandi.

Himoyachi tizzasidan olgan jiddiy jarohati tufayli deyarli butun mavsumni o'tkazib yubordi va "Atalanta" tarkibida atigi 8 ta o'yin o'tkazdi. Transfermarkt hozirda Skalvinini 35 million evroga baholamoqda va uning Bergamo jamoasi bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun