"Manchester Siti" yulduzi APLda bir necha ko'rsatkichlar bo'yicha yetakchilik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025
"Manchester Siti" va Belgiya terma jamoasi vingeri Jeremi Doku "shaharliklar" safida juda samarali mavsum o'tkazmoqda.

"Shaharliklar" a'zosi Premer-ligada bir necha muhim ko'rsatkichlar bo'yicha yetakchi hisoblanadi.

"Opta" statistik portali ma'lumotlariga ko'ra, Doku joriy mavsum barcha musobaqalarda APL futbolchilari orasida driblinglar soni (138), raqib jarima maydonida to'pga teginishlar (136) va o'yindan yaratilgan golli vaziyatlar (49) bo'yicha birinchi o'rinni egallab turibdi.

Belgiyalik vinger joriy mavsum 22 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta