"Manchester Siti" "Nottingem" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
8 apr 2025, 12:59
"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt "Manchester Siti" e'tiborini o'ziga qaratdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, qator nomdor klublar futbolchini kuzatmoqda. Jumladan, "shaharliklar" o'tgan yozdan buyon Morganni kuzatib kelmoqda.

"Manchester Siti" vakillari Gibbs-Uaytga jiddiy qiziqmoqda. Ayni vaqtda 25 yoshli futbolchining yozda boshqa klubga ko'chib o'tish ehtimoli yuqori, deb baholanmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: x.com