“Manchester Siti” 18 yoshli hujumchini sotib oladi. Unga MYU ham qiziqqandi

31 okt 2020, 08:28
“Partizan” hujumchisi faoliyatini APLda davom ettiradi.

“Manchester Siti” “Partizan” hujumchisi Filip Stevanovichni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi. Qayd etilishicha, “shaharliklar” 18 yoshli hujumchi uchun bonuslarni hisobga olganda 8 mln evro to'laydi. Stevanovich yozgi transferlar vaqtida MYUga o'tishi mumkin edi. Biroq transfer amalga oshmagandi.

Filip joriy mavsum Serbiya chempionatida 11 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/@FabricioRomano