“Man Siti”, “Liverpul” va “Man Yunayted” kuzatayotgan futbolchi 100 mln evroga baholanmoqda

Alisher Ostonov
15 fev 2026
"Liverpul” "Leyptsig" yarim himoyachisi Yan Diomandeni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan klublar qatoriga kiradi, deb xabar berdi jurnalist Kristian Falk.

Manbaga ko'ra, “buqalar” 2026 yilning yozida 19 yoshli ivuarlik futbolchi uchun 100 million evro atrofida pul so'rashadi. "Bavariya" bunday summani to'lashga tayyor emas, shuning uchun Angliyaga ko'chib o'tish juda real variantga aylanmoqda. Uning ortidan "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari ham kuzatib bormoqda.

Diomande 2025 yilning iyulidan beri "Leyptsig"da o'ynamoqda. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsumda 23 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million evroga baholagan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/cfbayern