Maksim Shackix: "Mavsumda oldimizga qo'yilgan asosiy vazifani uddaladik"

Omonjon To`xtamirzayev
27 noya 2023
"Al Ayn" bilan o'yindan oldin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shackix va himoyachi Muhammadqodir Hamraliev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Biz bu erga nima uchun kelganimizni bilamiz. Chempionlar Ligasida hali imkoniyatga egamiz, bundan foydalanishga urinamiz. "Al Ayn"ni guruhda peshqadamlikni qo'lga kiritib bo'lgani bilan tabriklayman. Ular kecha BAA chempionatida ham kuchli raqib ustidan safarda g'alaba qozonishdi. Mezbonlar bemalol bosimsiz o'ynashi mumkin, lekin bizda ham shunday holat. Chunki mavsumda oldimizga qo'yilgan asosiy vazifani uddaladik - O'zbekiston chempionatida g'olib bo'ldik. Tarkibimizda bazi yo'qotishlar mavjud, ammo bemalol o'z o'yinimizni namoyish eta olamiz", - deb o'ylayman dedi Maksim Shackix

Muxlislarga yoqadigan futbol ko'rsatib, eng muhimi zarur natija - g'alabani qo'lga kiritishga intilamiz. Barchasi qanday bo'lishini ertangi o'yin ko'rsatadi.

Muhammadqodir Hamraliev: - Biz mazkur bahsga yaxshi kayfiyatda yetib keldik. Juma kuni O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdik. Bu bizga qo'shimcha ishtiyoq beradi va "Al Ayn"ga qarshi bellashuvda muxlislarimizni g'alaba bilan xursand etishga bor kuchimizni beramiz. Ichki muhit ajoyib holatda. Imkoniyatimiz bor, bundan foydalanib qolishga intilamiz.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz