Lyudmila Karachik: "Keyingi uchrashuvda Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun maydonga tushamiz"

Абдулвосит Бектемиров
3 iyul 2025
O'zbekiston ayollar terma jamoasi yetakchisi Lyudmila Karachik Laosga qarshi bahsdan so'ng (0:7) o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu o'yinni ham o'tkazib oldik va uch ochkoni qo'lga kiritdik. Endi bizni beshinchi iyul kuni hal qiluvchi uchrashuv kutib turibdi" - deya fikr bildirdi Lyudmila Karachik.

- Nepal terma jamoasi haqida fikrdasiz? Nepal bizga qanchalik jiddiy raqib bo'lishi mumkin...

- Har bir o'yin qiyin kechmoqda. Nepal ham Osiyo Kubogiga chiqishni xohlamoqda. Biz keyingi uchrashuvda Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun maydonga tushamiz.

- "Bunyodkor" stadionining maysasi issiq havoga dosh bera olmagandek. Maydon holati haqida gapirib o'tsangiz...

- Maydon juda nam. Shu sababli butsalarimiz loy bo'lib ketdi. Shu jihatdan o'ynash biroz qiyin bo'ldi.




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia