Hozirda tomonlar o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, fransiyalik futbolchi haftasiga 200 ming funt sterling miqdorida maosh talab qilmoqda, biroq mersisaydliklar bunday summani to'lashga tayyor emas. Agar Konate bilan yangi mehnat shartnomasi yoz oxirigacha tuzilmasa, Angliya chempioni 26 yoshli himoyachini 50-60 million evroga sotishga rozi bo'ladi. O'yinchiga "Al Hilol," "Bavariya," "Real" va "Pari Sen-Jermen" klublari qiziqish bildirmoqda.
Konate o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt sayti ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.