

JCH, F guruhi, 2-tur
Niderlaniya - Shvetsiya 3:0
Gollar: 5, 17 - Brayan Brobbi, 47 - Kodi Gakpo
Niderlandiya: 1. Bart Verbryuggen, 22. Denzel Dumfris, 6. Yan Paul van Xekke, 4. Virjil van Deyk, 15. Mikki van de Ven, 8. Rayan Gravenberx, 21. Frenki de Yong, 14. Teyani Reynders, 18. Doniell Malen (24. Krisensio Sammervill, 46’), 11. Kodi Gakpo, 19. Brayan Brobbi.
Zaxira: 13. Robin Rufs, 23. Mark Flekken, 2. Lyutsxarel Gertreyda, 5. Natan Ake, 12. Mats Viffer, 25. Yorrel Xato, 3. Marten de Ron, 7. Jastin Klyuyvert, 16. Gus Til, 20. Tyon Kopmeyners, 9. Vaut Vegorst, 10. Memfis Depay, 17. Noa Lang.
Shvetsiya: 23. Kristoffer Nordfeldt, 2. Gustaf Lagerbilke, 4. Isak Xin, 3. Viktor Lindelyof, 5. Gabriel Gudmundsson, 16. Yesper Karlstryom, 18. Yasin Ayari, 10. Benyamin Nyugren, 21. Aleksander Bernxardsson, 17. Viktor Gyokeresh, 9. Aleksander Isak.
Zaxira: 1. Yakob Videll Setterstryom, 12. Viktor Yuxansson, 8. Daniel Svensson, 14. Yalmar Ekdal, 15. Karl Starfelt, 20. Erik Smit, 13. Ken Sema, 6. Xerman Yuxansson, 24. Elliot Straud, 7. Lukas Bergvall, 19. Mattias Svanberg, 22. Besfort Zeneli, 11. Entoni Elanga, 25. Gustaf Nilsson, 26. Taxa Ali.
48. Ikkinchi bo'limda ham tezkor gol urildi, bu “nakaut”mi?
47. GOL! Dyumfrisning ajoyib uzatmasini Gakpo golga aylantirdi!
🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
🕘 45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+5. Yasin Ayarining erlatib bergan zarbasini Verbryuggen arang qaytardi…
45+3. Gyokereshning jarima zarbasidan tepgan to'pini Niderlandiya darvozabon qaytarib yubordi!
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
45. GOL! Lagerbilke bosh bilan to'pni darvozaga aniq yo'lladi. Biroq bu vaziyatda offsad borligi ma'lum bo'ldi.
41. Yasindan juda kuchli zarba! Ammo aniq bo'lmadi…
40. Malen juda qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi, biroq noaniq ketdi…
38. Gakponing uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Nordfeldt ushlab oldi.
37. Shvetsiyaning yaxshi kombinaciyasidan so'ng Gyokeresh darvozaga zarba yo'lladi, Verbryuggendan seyv!
33. Gyokeresh yaxshi vaziyatga chiqib borib zarba berdi, biroq kuchsiz chiqdi.
29. Gyokereshning chap qanotdan uzatgan to'pini Yasin to'xtatdi, ammo to'p undan uzoqlashib ketdi.
23. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun tanaffus e'lon qilindi.
18. Tezkor gol o'tkazib yubordi Shvetsiya, buyog'iga qanday bo'larkin endi, kuzatamiz.

⚽️ 17. GOL! Brobbidan dubl! Dyumfrisning zargarano uzatmasidan keyin Barayan to'pni darvozaga kiritdi!
15. Reyndersning zarbasiga himoyachi halaqit qildi va o'xshamadi.
11. Dyumfrisning o'ngdan Gakpo tomon uzatgan ajoyib pasini himoyachilar bartaraf etishdi…
7. Darhol javob! Gyokereshning xavfli zarbasini Verbryuggen qaytardi!
6. Shvetsiya buyog'iga qanday reakciya ko'rsatadi, kuzatamiz.

⚽️ 5. GOL! Brobbi hisobni ochdi! Gakponing chapdan uzatgan super pasini Brayan golga aylantirdi!
3. Ilk daqiqalarni niderlandiyaliklar faol boshlashdi.
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni F guruhi 2-tur doirasidagi Niderlaniya - Shvetsiya uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif qilamiz.



