Argentinada 14 yoshli futbolchi ko'kragiga to'p tegib, vafot etdi

20 iyun 2026, 22:35
Argentinaning La Banda shahrida yosh futbolchi Benjamin Donofrio havaskorlik o'yini paytida ko'krak qafasiga to'p tegib, vafot etdi.

Voqea 16 iyun kuni sodir bo'ldi. Qayd etilishicha, 14 yoshli o'smir to'p bilan kuchli zarba olgach, maydonga yiqilgan, keyin o'rnidan turib, bir necha qadam tashlagan, biroq ko'p o'tmay yana hushini yo'qotgan. Oradan bir oz vaqt o'tgach, Donofrioning tomirlari tortisha boshladi. Guvohlar tez yordam chaqirgan. Kasalxonaga olib ketilayotganda Donofrioning yuragi va nafas olishi to'xtab qoldi.

Prokuratura hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi. Yosh futbolchi o'ynagan "Atletiko Sarmiento" klubi uning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.


Manba: Need To Know