

"G'alaba qozona olmaganimizdan afsusdaman, ammo uchrashuv davomida ikki bor hisobda ortda qolgan bo'lsak-da, futbolchilar taslim bo'lishmadi va bir tan-u bir jon bo'lib harakat qilishda davom etishdi. Bunday natija - bir ochko - biroz afsuslanish uyg'otadi, biroq biz bunga jamoaviy mehnat evaziga erishdik. Himoyada vazmin harakat qildik, keyin esa oldinga faolroq o'tishga intildik. Futbolchilar ko'rsatmalarni va biz tayyorgarlik ko'rgan rejalarni to'liq bajarishdi", - deya Moriyasuning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.



