

JCH, E guruhi, 2-tur
Germaniya - Kot-d'Ivuar 0:1
Gollar: 30 - Frank Kesse
Germaniya: 1. Manuel Noyer, 4. Jonatan Ta, 15. Niko Shlotterbek (2. Antonio Ryudiger, 46’), 18. Nataniel Braun, 6. Yoshua Kimmix, 23. Feliks Nmecha, 5. Aleksandrar Pavlovich, 19. Leroy Zane, 10. Jamal Musiala, 17. Florian Virc, 7. Kay Haverc.
Zaxira: 12. Oliver Bauman, 21. Aleksandr Nyubel, 3. Valdemar Anton, 22. David Raum, 24. Malik Tshau, 8. Leon Gorecka, 13. Paskal Gros, 16. Angelo Shtiller, 20. Nadim Amiri, 25. Assan Uedraogo, 9. Jeymi Leveling, 11. Nik Voltemade, 14. Maksimilian Bayer, 26. Deniz Undav.
Kot-d'Ivuar: 1. Yaxya Fofana, 5. Uilfrid Singo, 3. Gisleyn Konan, 20. Emmanuel Agbadu, 7. Odilon Kossunu, 8. Frank Kesse, 26. Krist Inao Ulai, 18. Ibraim Sangare, 15. Amad Diallo, 11. Yan Domand, 9. Anj-Yoan Bonni.
Zaxira: 16. Moxamed Kone, 23. Alban-Mark Lafon, 2. Usman Domande, 13. Kristofer Operi, 17. Gela Due, 21. Evan N'Dika, 4. Jan Seri, 6. Seko Fofana, 25. Parfe Giagon, 10. Simon Adingra, 12. Ele Vai, 14. Umar Diakite, 19. Nikolya Pepe, 22. Evann Gessan, 24. Bazumana Ture.
51. Kot-d'Ivuar qarshi hujumlar bo'yicha master klass ko'rsatmoqda: Amadning uzatmasidan so'ng sherigi zarba yo'lladi, ammo noaniq…
50. Kesse qulay vaziyatdan darvoza tomon zarba berdi, to'pni Noyer ushlab oldi.
48. Musiala yaxshi vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, raqib himoyachilari unga qarshilik ko'rsata bildi.
🔄 46. Shlotterbek zaxiraga olindi, ko'p ehtimol, jarohati bezovta qilmoqda uni.
🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
🕘 45+7. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+7. Virc o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq kuchsiz chiqdi, darvozabon ushlab oldi to'pni.
45+2. Germaniya bosimni oshirmoqda, tobora golga yaqinlashmoqda jamoa.
45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
41. Vircning darvoza tomon yo'llagan zarbasi rekoshetga uchrab, maydondan chiqib ketdi.
39. GOL! Yana Haverc, ammo, bunisi ham inobatga olinmadi. Kossunuga nisbatan Musiala qo'pollik ishlatgan ekan, avvalroq.
38. Bonni uzoqdan zo'r zarba berdi, Noyer qaytardi!
33. Yana Kot-d'Ivuar oldinga o'tmoqda, shiddatni oshirishmoqda.
31. Zo'r o'yin ko'ryapmiz, buyog'iga intriga yanada oshadi. Germaniyaga salom yo'llashdi!

⚽️ 30. GOL! Kesse hisobni ochdi! Chap qanotdan uzatilgan to'pni dastlab Amad darvozaga yo'lladi, Noyer qaytardi, so'ng uni Frank tepdi va bu aniq bo'ldi!
24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
23. Darvozabon maydonda yiqilib yotibdi, unga shifokorlar yordam bermoqda.

22. GOL! Pavlovich bosh bilan to'pni darvozaga kiritdi, biroq bosh hakam bu vaziyatda darvozabonga nisbatan fol ishlatilgan deb topdi.
18. Musialaning kuchli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.
14. Shlotterberg maydonga o'tirib oldi, unga tibbiy yordam ko'rsatiladi. Jarohat, shekilli.
12. Singoning uzoqdan yo'llagan zarbasi Germaniya futbolchisiga tegib ortga qaytdi…
9. Havercning bosh bilan bergan zarbasini Fofana qiyinchilik bilan qaytardi!
3. Kot-d'Ivuar ham faol, tashkil etishmoqchi bo'lgan hujumlari yakunga etmay qoldi.
1. Ilk daqiqadanoq nemislar oldinga o'tishdi, Havercning zarbasi aniq bo'lmadi.
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni JCH-2026 E guruhi, 2-turidan o'rin olgan Germaniya - Kot-d'Ivuar uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



