Laporta "Barselona"ni Superliga va UEFA o'rtasidagi ko'prik deb atadi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2025
Yaqinda "Barselona" UEFA bilan yaqinroq aloqa o'rnatish maqsadida Superliga loyihasidan chiqqani haqida xabarlar paydo bo'ldi va Kataloniya klubi prezidenti Joan Laportaning so'nggi bayonoti buni bilvosita tasdiqlaydi.

"Ko'k-anorranglilar" xo'jayini u har doim ikki qarama-qarshi lager o'rtasida murosa tarafdori bo'lganini ta'kidlab, Superliganing barcha ishtirokchilarini Yevropa futbolining bosh organi bilan muloqotga qaytishga chaqirganini bildirdi.

"Bilasizmi, biz har doim Superliga va UEFA o'rtasida ko'prik o'rnatish tarafdori bo'lganmiz. "Barselona"ning poziciyasi aniq va buni barcha manfaatdor tomonlar hamda mas'ullar bilishadi. Biz murosaga erishish tarafdorimiz, chunki Superligada ishtirok etayotgan klublarning UEFAga qaytishi uchun birgalikda oldinga siljish uchun joy bor. Biz o'zimizni UEFAga juda yaqin his qilyapmiz. Biz u erda bo'lishimiz va kuchayish uchun hammasini amalga oshirishimiz muhim", – dedi Laporta.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS