"Lacio" Xajiga qiziqib qoldi

Ijara asosida "Glazgo Reynjers" klubi sharafini himoya qilayotgan "Genk" futbolchisi Yanis Xaji faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

U Rimning "Lacio" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. TMW xabariga ko'ra, shotland klubi ham futbolchining transferini sotib olmoqchi. Uning transfer qiymati 6 million evroni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, Istanbulda tug'ilgan 21 yoshli futbolchi Ruminiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


Manba: TMW