Sanshesh Ispaniya klubi bilan kelishuvga erishmoqda

12 sen 2026, 14:34
Hozirda erkin agent bo'lgan PSJ sobiq yarim himoyachisi Renatu Sanshesh Ispaniya chempionatida ishlash imkoniyatiga ega.

29 yoshli portugaliyalik futbolchi "Xetafe" bilan muzokaralarga kirishgan. Bu variant Renatu uchun ayni paytda ustuvor hisoblanadi. Sanshesh uchun Ispaniya futbolida o'z kuchini sinab ko'rish qiziqarli.

Yarim himoyachining so'nggi ish joyi Gretsiyaning "Panatinaikos" klubi bo'lgan. Renatu mahalliy chempionatda 14 ta o'yinda qatnashib, bitta gol urgan va bitta assistni amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Footmercato